
Yozgi oromgohda jam bo’lgan, xorijiy 14 ta davlatda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning
7–14 yoshli 250 nafar farzandlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida bolajonlar bilan bola huquqlari, ayniqsa, bolaning ta’lim olish, xavfsiz muhitda yashash hamda o‘z fikrini erkin bildirish huquqlari himoyasi haqida qizg‘in suhbatlashildi.
Bolalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olib, quvonarlisi, o‘zi uchun muhim masalalarda fikr
va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.
Aytish joizki, xorijda yashayotgan o‘zbek bolalari va yoshlarining milliy o‘zligini saqlab qolishi, ona tili va madaniyati bilan bog‘liqligini mustahkamlash, shu bilan birga, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga ko‘maklashish-muhim vazifalarimizdandir.





