
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Ichki ishlar vaziri, Oliy sud raisi, Adliya vaziri, Inson huquqlari bo‘yicha vakil, Bola huquqlari bo‘yicha vakil hamda qator davlat organlari va idoralari rahbarlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida mehmonlar muassasa faoliyati jarayonlarini raqamlashtirish, xizmatlar samaradorligini oshirish, xavfsizlikni ta’minlash, inson huquqlari va bola huquqlarini ishonchli kafolatlashga qaratilgan zamonaviy yechimlar bilan tanishtirildi.
Alohida ta’kidlash joiz, tergov hibsxonasida saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, protsessual huquqlarini to‘liq ta’minlash, ularning xavfsiz va munosib sharoitlarda saqlanishi — davlatning muhim majburiyatidir.
Xususan, qonun bilan ziddiyatga kirishgan bolalarning protsessual huquqlarini yanada ishonchli himoyalash, ularni saqlash sharoitlarini xalqaro standartlarga to‘la moslashtirish hamda tizim xodimlarining bola huquqlari bo‘yicha malakasini muntazam oshirib borish - ustuvor vazifalardir.
Bolalar ombudsmani ushbu yo‘nalishda Ichki ishlar vazirligi bilan barqaror va konstruktiv hamkorlikni davom ettiradi.





