header image

News

Main / News /
Single News
Joriy yilning 20-may kuni Xalqaro Nordik universiteti tashabbusi bilan tashkil qilingan "Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasi" (TasIMO) bellashuvi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdik

Xalqaro darajadagi olimpiada UNICEF, Jahon Banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiya, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, IDC o‘quv markazi, AQSHning Rowan va Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universitetlari hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda 75 mingdan ortiq 3-11 sinf va akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar.

3 bosqichdan iborat bo‘lgan musobaqaning ahamiyatli jihati shundaki, unda 43 ta mamlakatdan matematika bo‘yicha eng kuchli bolajonlar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini ishga soldilar.

Natijada, 450 million so‘mni tashkil etgan sovrin jamg‘armasi o‘z egalarini topdi va mukofotlar bilimdonlarga munosib ravishda topshirildi.

Aniq fanlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining uzviy davomi bo‘lgan bunday turdagi musobaqalar yurtimizda matematika fanini yuksaltirish, iste’dodli yoshlarning qobiliyatini charxlash, va albatta kuchli yosh-matematiklarni kashf etishiga ishonchimiz komil.