Bolalar ombudsmanining Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili monitoring tashrifi bilan Samarqand shahrida joylashgan "1-sonli maxsus maktab hamda viloyat Bolalar uyida bo‘lib, bolalar muassasalari faoliyati hamda shart-sharoitlari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida muassasalarda bolaning asosiy huquqlari ta’minlanishi darajasi, minimal standartlarga rioya etilishi holati, ya’ni bolalar uchun ovqatlanish, yotoqxona hamda tibbiy muolaja va reabilitatsiya qilish bilan bog‘liq maxsus shart-sharoitlar yaratilganligiga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lumot uchun: 1-sonli maxsus maktabda jami 180 ta o‘ringa ega bo‘lib, xozirda 162 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.
viloyat Bolalar uyida jami 50 o‘ringa ega bo‘lib, xozirda 22 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.






