header image

News

Main / News /
Single News
Bolalar ombudsmani bola masalalari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Bolalar ombudsmani bola masalalari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida quyidagi masalalar yuzasidan fuqarolar murojaat qildilar:

1️⃣Oilaviy nizo oqibatida sud qarori bolalarni onasi bilan yashashini belgilab bergan bo‘lsa-da, turmush o‘rtog‘i 3 nafar voyaga yetmagan farzandini ko‘rsatmayotganligi, bolalarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi haqida murojaat qilgan ona farzandlarini qaytarib olishda amaliy ko‘mak so‘ragan;

2️⃣Voyaga yetmagan 15 yoshli farzandining tibbiy amaliyotdan so‘ng vafoti shifokorlarning o‘z kasbiga mas’uliyatsizligi tufayli bo‘lganligini bildirib, farzandi o‘limi sabablarini qonunan o‘rganishda va chora ko‘rilishini so‘rab qilingan murojaat;

3️⃣ Ota-onaning bildirishicha, shifokorlarning o‘z vaqtida zarur tibbiy yordam ko‘rsatmagani tufayli  4 yoshli farzandi vafot etganligi, o‘lim yuzasidan o‘tkazilgan tibbiy-ekspertiza xulosasi ularga taqdim etilmaganligidan norozi bo‘lib, holatni to‘liq qonun doirasida o‘rganilishi va tegishli 
chora ko‘rilishini so‘rab qilingan ariza;

4️⃣ ona voyaga yetmagan farzandining tarbiyasiga befarq bo‘layotganligi, axloqan nojo‘ya harakatlarni sodir etayotganligi sababli ota 6 yoshli farzandini o‘z qaramog‘iga olinishida, shuningdek,  onani ota-onalik huquqini cheklash masalasini ko‘rish zarurligini bildirib, farzandining huquqlarini himoya qilinishida ko‘mak ko‘rsatilishiga oid;

5️⃣Otaning 3 nafar farzandlari uchun moddiy ta'minoti uchun aliment to‘layotgan bo‘lsa-da, hozirda ona va bolalarning yashash uchun uy joy yo‘qligi, hozirda yashab turgan joyi uchinchi shaxslar mulki ekanligini bildirib, voyaga yetmagan bolalarning buzilgan huquqlarini tiklanishini so‘rab qilingan murojaat;

⛔Yuqoridagi  holatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganishni boshladi.