
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun uyg‘un oila muhitini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur xizmat shaklidagi xonadonda hozirda 1 nafar bola tarbiyalanmoqda.
🎤Monitoring davomida ushbu oilada o‘sayotgan voyaga etmagan qiz bilan alohida suhbatlashilib, qiziqishlari, kelajakdagi maqsadlari hamda yashayotgan oilasidagi muhit va yaratilgan shart-sharoitlarga oid fikrlari tinglandi.
✅Shuningdek, xonadonda mavjud shart-sharoitlar, jumladan, ta’lim, yotoq, dam olish, kasbga o'rgatish, sanitariya va ovqatlanish sharoitlari belgilangan standartlarga mosligi o‘rganildi, salomatligini ta’minlash va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga oid hujjatlar ko‘zdan kechirildi.





