Bolalar ombudsmanining Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Navoiy viloyat IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘ldi.

Monitoring vaqtida ushbu muassasada 7 nafar (3 nafar qiz bola) voyaga yetmaganlar saqlanmoqda.
✅Markazda voyaga yetmaganlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, bolalarning dars jarayonlari, yotoqxona, dam olish joylari hamda sanitariya va ovqatlanish sharoitlari o‘rganildi.
✅Shuningdek, voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi.








