
Monitoring o’rganishida Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi, Ijtimoiy ximoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi mas’ullari hamda Forish tumani hokimi o‘rinbosari ishtirok etdilar.
✅Bolalar salomatligi buzilishi kuzatilgan bog‘chalarning barchasida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishga oid belgilangan standartlarga rioya etish shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi, tegishli hujjatlar o‘rganildi.
🔴O‘rganish davomida qator kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
✍️Mazkur vaziyatda bola huquqlari buzilishi yuzasidan vakolatli yuqori tashkilotlarga tegishli ta’sir hujjati kiritiladi.









