
Monitoring vaqtida ushbu muassasada 15 nafar (7 nafar qiz bola) voyaga yetmaganlar saqlanmoqda.
📌Markazda voyaga yetmaganlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, bolalarning dars jarayonlari, yotoq, dam olish, sanitariya va ovqatlanish sharoitlari o‘rganildi.
📃Markaz monitoringi natijasida aniqlangan kamchiliklar va faoliyatni takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✅Shuningdek, Bolalar ombudsmanining Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakilining voyaga yetmaganlar bilan individual tarzda olib borgan suhbati davomida va ularga oid bo‘lgan hujjatlar bilan tanishish doirasida ularning aksariyati muassasada saqlanmay oilaviy muhitga, o‘z ota-onalari va yaqinlariga qaytarilishi maqsadga muvofiq deb topildi.
Hozirda buning uchun zarur choralar ko’rilmoqda.



