
Qabul davomida quyidagi masalalar yuzasidan fuqarolar (shu jumladan, 3 nafar voyaga yetmagan shaxs) murojaat qildilar:
1️⃣Ota-onaning o‘zaro nizosi oqibatida bolaning hozirda yashash manzilini belgilash, onaning hozirda spirtli mahsulotlarni iste’mol qilayotganligi, turli g‘ayriijtimoiy xarakatlari tufayli
hali go‘dak farzandining sog‘ligiga befarq bo‘layotganligidan norozi bo‘lgan ota bolasini o‘z qaramog‘iga olishda ko‘mak so‘rab qilgan murojaati;
2️⃣Yillar davomida oilada ota tomonidan muttasil zo‘ravonlik qilinishi, ajrimdan so‘ng ham erkak mol-mulk tufayli sobiq turmush o‘rtog‘i va farzandlariga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik xatti-harakatlarini davom etayotganini bildirib,
13 yoshli qiz otasining bunday harakatlariga chora ko‘rilishini va Bolalar ombudsmanidan o‘zi hamda ukalarini himoya qilishni so‘rab qilgan murojaati;
3️⃣Tarbiya koloniyada jazo muddatini o‘tab ozodlikka chiqqan voyaga yetmagan bola hozirgi kunda ishga joylashishda amaliy ko‘mak so‘rab qilgan murojaati;
4️⃣Kichik yoshli farzandida kam uchraydigan tug‘ma kasalligi borligi, hozirda qizchani zudlik bilan xorijda operatsiya qilinishi ammo bunga sobiq turmush o‘rtog‘i befarq bo‘layotganligi va bolaning manfaatiga zid ravishda farzandini xorijda davolatishga ruxsat bermayotganligiga oid;
5️⃣Bolada surunkali kasallik sababli onasi xorij davlatiga borib farzandini davolatmoqchi ekanligi, tibbiy muolajalar uzoq vaqt talab etishi tufayli bolaning ta’lim olishiga ta’sir qilmasligi va darsdan ortda qolib ketmasligi uchun o‘qishini xorij davlatiga ko‘chirib berishda amaliy yordam so‘rashga oid;
6️⃣Qo‘shnisi muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilishi oqibatda farzandiga muttasil qo‘pol munosabatda bo‘lishi va zaruriy g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligini guvohi bo‘lib, mutasaddilarga murojaat qilsa-da, ular tomonidan chora ko‘rilmaganligiga oid murojaat;
🚨Yuqoridagi holatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganishga kirishdi.
✅Ayrim murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda zudlik bilan chora ko‘rish jarayoni boshlandi.






