O‘rganish jarayonida muassasalarda bolaning asosiy huquqlari ta’minlanishi darajasi, minimal standartlarga rioya etilishi holati, ya’ni bolalar uchun ovqatlanish, yotoqxona hamda tibbiy muolaja va reabilitatsiya qilish bilan bog‘liq maxsus shart-sharoitlar yaratilganligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mazkur muassasalarda nutqida, eshitishida, ko‘rishida, psixik rivojlanishda kechikayotgan, aqli zaif, tayanch harakatida nuqsoni bo‘lgan bolalarga maxsus ta’lim-tarbiya jarayonlari o‘rganildi.
Monitoring davomida bolalar va ularning ota-onalari bilan muloqot qilinib, muassasalarda xizmat sifatini yanada oshirish va yaxshilash bo‘yicha fikrlar tinglandi, mutasaddi vakillarga bu borada tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun: "Imkon" maktabgacha ta’lim tashkiloti jami 150 ta o‘ringa ega bo‘lib, xozirda 128 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.
2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti jami 70 o‘ringa ega bo‘lib, xozirda 60 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davri davomida 30 nafarga yaqin bolalar reabilitatsiyaviy sog‘lomlashtirilib, ommaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirildi.