Qabul davomida fuqarolar quyidagi bola huquqlariga oid masalalarda murojaat qildilar:
- Voyaga yetmagan 13 yoshli qiz Bolalar ombudsmaniga murojaat bilan kelib, hali go‘daklik paytida onasi uni vaqtincha vasiylikka xolasiga topshirib, chet davlatga ishlash maqsadida ketganligi va shu kunga qadar xabar olmayotganligini bildirib, hozirda vasiy bo‘lgan xolasi va uning turmush o‘rtog‘i tomonidan muntazam ravishda turli shakldagi zo‘ravonlikka duchor bo‘layotganini bildirib qilgan murojaati;
- Turmush o‘rtog‘ining psixotrop dori vositalarini iste’mol qilib kelganligidan xabar topib, ajrashish maqsadida bo‘lgan ota, hozirda onaning ruhiy salomatligiga oid ekspertiza tayinlanishi jarayonida ekanligi, ajrimdan so‘ng farzandlari xavfsiz va sog‘lom muhitda tarbiya topishi maqsadida ota ularni o‘z qaramog‘iga olinishida amaliy
ko‘mak so‘rashiga oid murojaati;
- Qizining vafotidan so‘ng kuyovi farzandlari ahvolidan xabar olmayotganligi,
ularning tarbiyasi, moliyaviy ehtiyojlarini ta’minlamayotganligi, boshqa oila qurib o‘z farzandlariga mutlaqo be’etiborligidan norozi bobo va buvi voyaga yetmagan nevaralarini o‘z qaramog‘iga olinishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati;
- Fuqaro jinoiy jazo muddatini o‘tash davrida farzandli bo‘lib, muayyan muddatdan so‘ng ozodlikka chiqqanligi, ammo turmush o‘rtog‘i hali ham jazoni ijro etish muassasasida ekanligi, qaynonasi bilan kelishmovchiligi sababli hozirda voyaga yetmagan farzandi bilan yashash uchun uy-joyi yo‘qligini bildirib, amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi to‘g‘risida;
- 17 yoshli voyaga yetmagan qiz onasi va tog‘asi unga ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik o‘tkazayotganligini, shuningdek, uni majburan erga berishga urinayotganligi bildirib, Bolalar ombudsmanidan himoya qilishni so‘rab qilgan murojaati;
Yuqoridagi holatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganishni boshladi. Ayrim murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda zudlik bilan chora ko‘rish jarayoni boshlandi.