Konferensiyada Senat a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Konstitutsiyaviy sud sudyalari, vazirlik va idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir boshida Oliy Majlis Senati raisi so‘nggi yillarda Ombudsman va Bolalar ombudsmani faoliyatining institusional asoslari kuchaytirilgani, ta’sirchan vakolatlar berilganini alohida e’tirof etib, inson huquqlari va bola huquqlarini ishonchli himoya qilishda ochiqlik va shaffoflikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidlab o‘tdi.
Jumladan, O**‘zbekistonda bolalar mehnatiga batamom barham berilgani,** bu qatiy pozisiya Konstitutsiya darajasida mustahkamlanganligi hamda mazkur ilg‘or tajribamiz
boshqa davlatlar uchun model sifatida halqaro hamjamiyat tomonidan tan olingani ta’kidlanib, inson huquqlari va bola manfaatlari sohasida ham O‘zbekiston yetakchi davlatga aylanishi uchun barcha asoslar borligiga urg‘u berildi.
O‘z navbatida, Bolalar ombudsmani nutqida Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar - Ombudsman va Bolalar ombudsmani inson erki va qadr-qimmatini himoyalash yo‘lidagi maqsadlari, sa’i-harakatlari va intilishlari hamisha mushtarak ekanligini ta’kidladi.
Konferensiya yakunida tadbir ishtirokchilari tomonidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, sohaga oid qonunchilikni yanada takomillashtirishga oid muhim taklif va tavsiyalar bildirildi.