
Memorandum
Bolalar Ombudsmani va O‘zbekiston bolalar tashkiloti Boshqaruv Kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Ushbu hujjat bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida muhim qadam hisoblanib, bolalarning huquqiy ongi va himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Memorandum doirasida:
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini o‘rganish bo‘yicha tahlillar va ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
Bolalar bilimini xalqaro va milliy huquqiy me’yorlar asosida oshirish;
Bola huquqlariga oid qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish kabi masalalarda kelishib olindi.
Ishonamizki, bu kabi amaliy hamkorlik mamlakatimizda bola huquqlarini ta’minlash sohasini yanada rivojlantirish yo‘lida o‘zining samarali natijasini ko‘rsatadi.



