
Regional representative

Ochilov Mirshod Mustafo o'g'li
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo'yicha vakili (Bolalar ombudsmani)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili
Biography
Ochilov M.M 1990-yilda Buxoro viloyati Jondor tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.
2015-2016 yillarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati qoshidagi "O‘quv-uslubiy markaz" nodavlat ta’lim muassasasi koordinatori lavozimida ishlagan.
2016-2018-yillarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Buxoro viloyati Kengashi Tashkiliy, kadrlar va axborot-tahlil bo‘limi mudiri,
2018-2020 yillarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Bxoro shahar Kengashi raisi,
2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Buxoro shahar bo‘limi boshlig‘i
2020-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari,
2022-yildan hozirga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi raisi
Functions
- mintaqada bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasidagi davlat siyosatini izchil amalga oshirishda ishtirok etish;
- mintaqada bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holatini o‘rganish;
- davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatida bola huquqlarining ta’minlanishi hamda himoya qilinishi yuzasidan monitoring tashkil etish va o‘tkazish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish asosida bolaning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;
- bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- mintaqada huquqni qo‘llash amaliyoti tajribasini chuqur o‘rganish va umumlashtirishga doir tadbirlar tashkil qilish;
- bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
- mintaqada bola manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati holatini tahlil qilish hamda jamiyatda bola huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat munosabatini, bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish odobini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;