

Ma'lumot to'ldirilmoqda
Kasimova D.Sh 1973-yilda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashi deputati. Kengashning "Ta’lim,sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari" bo‘yicha doimiy a’zosi.
1994-yilda Marg‘ilon shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarbiyachisi, 1994-1996-yillarda Marg‘ilon tijorat tehnikumi o‘qituvchisi, 1996-2003 yillarda Farg‘ona shahar 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi, 2003-2010 yillarda Farg‘ona shahar Olimpiya zaxiralari kolleji o‘qituvchisi,
2010-2011 yillarda Farg‘ona davlat unitversiteti qoshidagi 3-sonli akademik lisey direktori o‘rinbosari hamda 2017- yilga qadar akademik lisey direktori lavozimida ishlagan.
2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Farg‘ona viloyat bo‘limi boshlig‘i
2018-2020 yillarda Farg‘ona viloyat hokimining o‘rinbosari, xotpn-qizlar qo‘mitasi raisi,
2020-2021 yillarda "Yuksalish" umummilliy harakati Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari, Farg‘ona viloyat hokimi maslaxatchisi,
2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Farg‘ona viloyat bo‘limi boshlig‘i
2023-yildan hozirga qadar Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i maktab ta’limi bo‘yicha o‘rinbosari
- mintaqada bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasidagi davlat siyosatini izchil amalga oshirishda ishtirok etish;
- mintaqada bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holatini o‘rganish;
- davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatida bola huquqlarining ta’minlanishi hamda himoya qilinishi yuzasidan monitoring tashkil etish va o‘tkazish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish asosida bolaning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;
- bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- mintaqada huquqni qo‘llash amaliyoti tajribasini chuqur o‘rganish va umumlashtirishga doir tadbirlar tashkil qilish;
- bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
- mintaqada bola manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati holatini tahlil qilish hamda jamiyatda bola huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat munosabatini, bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish odobini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;