
Central apparatus

Kurbanov Manuchexr Jamshidbekovich
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatining yetakchi mutaxassisi
Biography
Kurbanov Manuchexr Jamshidbekovich Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyni huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha tugatib, Toshkent davlat yuridik universitetini xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Shuningdek, Yevropaning xorijiy universitetlarida akademik mobillik dasturlari asosida tahsil olgan.
2024-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) ning Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasida amaliyotchi sifatida faoliyat yuritib, qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi loyihalarda ishtirok etgan.
Xalqaro yoshlar tashabbuslari va forumlarining faol ishtirokchisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari, barqaror rivojlanish, yoshlar ishtiroki va bola huquqlariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tadbirlarida vakillik qilgan. UNICEF va UNFPA kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Functions
ma'lumot to'dirilmoqda