
Yangiliklar

📄**"Equality Now"** xalqaro inson huquqlari tashkiloti tomonidan olib borilgan tadqiqotda Yevrosiyoning 7 ta davlati: Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondagi bolalar nikohi, erta nikoh va majburiy nikoh muammosi har tomonlama tahlil qilingan. U inson huquqlarining buzilishiga qarshi kurashish uchun asosiy sabablar, oqibatlar, huquqiy va siyosiy asoslar va ehtimoliy aralashuv strategiyalarini o‘rganadi.
❕Qayd qilinishicha, Gruziya va Qirg‘iziston Yevrosiyoda bolalar nikohining eng katta ko‘rsatkichiga, O‘zbekiston esa eng kichik ko‘rsatkichiga ega (3,4%).
Ma'lumot o'rnida, O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab, erkaklar va ayollar uchun yagona nikoh yoshi 18 yosh etib belgilangan.
Bunday qat’iy chegara o‘zining samarasini berdi va ko‘plab erta nikoh holatlariga qonunan chek qo‘ydi.
Umumiy holatni taqqoslash uchun ta’kidlash joizki, 2018-yilda Respublika bo‘ylab 5123 ta erta nikoh holati qayd etilgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib, erta nikohlar soni faqat 42 tanigina tashkil etgan.
Mazkur masalada Bolalar ombudsmani pozitsiyasi —nikoh uchun minimal yosh 18 yosh bo'lib, bu borada qonunchilikda hech bir istisno bo'lmasligi kerak.